Xorazm Maʼmun akademiyasi olimlari tomonidan Xiva Ichan-qalʼa tarixiy yodgorliklarida termitlar zararini oldini olish va ularga qarshi kurash boʼyicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, karantin davrida Juma masjid muzeyida biologik va kimyoviy profilaktik tadbirlar amalga oshirildi.