Xitoylik mehmonlar Samarqandda

2019-yil 25-iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar institutiga  Xitoy Xalq Respublikasi Fan va texnika vazirligi partiya qo'mitasi a'zosi, XXR Fan va texnika vaziri o’rinbosari yordamchisi Lu Min rahbarligida Xitoy delegatsiyasi tashrif buyurdi.

  

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari Samarqand viloyati Nurobod tumanida joylashgan Sazog’on yodgorligida o’zbek-xitoy olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalari bilan yaqindan tanishdilar. Shundan so’ng delegatsiya a’zolari Sazag’on qishlog’ida mozorqo’rg’onlarni ham ko’zdan kechirdilar.

Delegatsiya a’zolari Samarqand shahrida joylashgan diqqatga sazovor obidalar bilan ham yaqindan tanishdilar.