Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar akademiyasining Shinjon fizika-texnika Instituti taklifiga binoan Toshkent shahrida Xitoyning xalq tabobati markazini tashkil etishga yordam berish, ikki mamlakat Fanlar akademiyalari o'rtasida ilmiy-texnikaviy hamkorlikni mustahkamlash, yangi dori-darmonlarni ishlab chiqarish bo'yicha qo'shma loyihalarni amalga oshirishdagi hamkorlik, Xitoy Xalq Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qo'shgan hissasi uchun O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O`simlik moddalari kimyosi instituti direktori Shomansur Sagdullayev “Do`stlik” mukofoti bilan taqdirlandi. Sh.Sagdullayevni ushbu mukofot bilan tabriklab, kelgusidagi ishlariga rivoj tilab qolamiz.