Xitoy va Oʻzbekiston: fan va texnologiyalar hamda muhandislik sohasida muhim qadam

2025-yil 3-4-yanvar kunlari Chunsin universitetida Xitoy-Oʻzbekiston ilmiy-texnologik hamkorligiga bagʻishlangan simpozium boʻlib oʻtdi.

Ushbu simpozium Xitoy va Oʻzbekistondan kelgan ekspertlarni birlashtirdi. Simpuzium davomida Chunsin universiteti prezidenti, professor Van Shusin va Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti S. Mirzayev oʻrtasida muzokaralar boʻlib oʻtdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish hamda xavfni monitoring qilish faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-161-son qarori doirasida Chunsin universitetida hozirda O'zbekistonning 14 ta ilmiy muassasalari bilan hamkorlikda "Shahar zilzilabardoshliligi" boʻyicha Xitoy-Oʻzbekiston ilmiy-texnologik hamkorlik va texnik trening lohiyasini amalga oshirilmoqda. Loyiha rejasi asosida 3-yanvar kuni uni yakunlash marosimi ilmiy simpozium shaklida oʻtkazildi. Tadbir yakunida Oʻzbekistonning 14 ta muassasalaridan trening loyihasida ishtirok etgan 35 nafar yosh olimlarga sertifikatlar topshirildi va Xitoy-Oʻzbekiston shahar tadqiqotlari qoʻshma laboratoriyasida ishtirok etish uchun ariza topshirgan oʻn beshta tashkilotga esdalik belgilari taqdim etildi.

Simpozium Xitoy va Oʻzbekiston oʻrtasida fan va texnologiyalar va muxandistik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashda muhim qadam boʻldi.

Ma’lumot o‘rnida: Chunsin universiteti (Chongqing University) — Xitoyning yetakchi oliy oʻquv yurtlaridan biri hisoblanadi. U 1929-yilda tashkil etilgan boʻlib, Xitoyning elita taʼlim muassasalarini rivojlantirishga qaratilgan "211" va "985" loyihalariga kiritilgan universitetlardan biri sanaladi. Universitet Xitoyning janubi-sharqida joylashgan eng yirik megapolislardan biri — Chunsin shahrida joylashgan.