2025-yil 25-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Sh.A. Ayupov Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy Fanlar akademiyasi Shinjon Ekologiya va geografiya instituti (XIEG) direktori Chjan Yuanming boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ekologiya va atrof-muhitni yaxshilash borasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish va o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, birgalikda ilmiy konferensiyalar o‘tkazish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Bu kabi uchrashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi ilmiy va texnologik aloqalarni mustahkamlashga, ekologik masalalarni hal qilishda hamkorlikni kuchaytirishga xizmat qiladi.