Xalqaro nufuzli "Annals of botany" jurnalida tadqiqot natijasi e’lon qilindi

O’zR FA Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya Laboratoriyasi mudiri Ziyoviddin Yusupov bosh muallifligida Botanika institutlari xodimlari bilan hamkorlikda Allium turkumi urug'larining makro- va mikro-morfologiyasining filogenetik ahamiyati ustida olib borilgan tadqiqotlar natijasi xalqaro nufuzli "Annals of Botany" jurnalida chop ettirildi (https://academic.oup.com/aob/advance-article/doi/10.1093/aob/mcac067/6607770?login=true). 

Hozirgi kunga qadar urug' morfologiyasidagi o'ziga xos xususiyatlarning evolyutsiyadagi ahamiyati va ular evolyutsiyaning turli darajalarini aks-ettirishi haqida umumiy fikr mavjud emas edi. Shu sababdan bu maqola Allium (yovvoyi piyoz) turlari bo'yicha biogeografik kelib chiqishini morfometrik va filogenetik asosda ko'rsatilgan kam sonli maqolalardan biridir. O'tkazilgan tadqiqotlar O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti Molekulyar filogeniya va biogeografiya laboratoriyasining “Hayot daraxti: O'zbekiston bir urug'pallalilari” nomli davlat dasturi doirasida bajarilgan bo'lib, tarjibalarda urug' hujayralari tahlil qilindi va Allium turkumi turlarini bir-biridan ajratishda ahamiyatli bo'lgan periklinal devorlar va ularning orasidagi masofa ilk bor o'lchandi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, Alliumning ajdodlari Kavkaz, O'rta Osiyo va Eron bilan chegaradosh hududlarda paydo bo'lgan. Urug' hujayrasining turning evolyutsiyon holatiga asoslangan morfologiyasi 2ta xususiyatga: periklinal devorlarning shakli va antiklanal devorlarning egriligiga asoslanib belgilanadi.

Tajribalar davomida jami 95 ta turga mansub 100 ga yaqin namuna tekshirilgan hisoblanadi (hajmi ham o'rta hajmi kitob hajmida-109 bet!).

 Yana bir e'tirof etishga arziydigan jihat shuki, bu maqola "Annals of Botany" da O'zbekiston olimlari tomonidan bosh mualliflikda chop ettirilgan ilk maqoladir!