“Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik tadbiri

Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya institutida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasini jonli ijro etish bilan boshlandi.

 

Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G‘.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti direktori V.Rafiqov ochib berdi.

Tadbirda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi boshlig‘i, kapitan K.Kuchkarov so‘zga chiqdi va “Vatanimga tayanchman” mavzusida ma’ruza qildi. Bunda qurolli kuchlarning rivojlanish strategiyasi, Yangi O‘zbekiston armiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida milliy armiyamizni isloh qilish bo‘yicha har tomonlama chuqur o‘ylangan va uzoq muddatga mo‘ljallangan, ishlab chiqilgan strategiya hamda Milliy xavfsizlik konsepsiyasi va mustaqillikning ilk kunlaridan bugungi kungacha 30 yil mobaynida Qurolli Kuchlarimizning erishilgan yutuqlarini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.

Tadbirda Yangi O‘zbekistonning 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasi loyihasida belgilab berilgan maqsadlarning mazmun mohiyati tushuntirildi. Jumladan, Taraqqiyot strategiyasini har bir ustuvor yo‘nalishi nomlanishidan boshlab, mazmun-mohiyatigacha inson qadrini ulug‘lashga yo‘naltirilgan.

Prezidentimiz ta’kidlaganidek, - “Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta’minlashni nazarda tutamiz”.

Tadbir so‘ngida Institut direktor o‘rinbosari V.Ismailov so‘zga chiqib, inson qadriga bo‘lgan bo‘lgan e’tibor va Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi munosabati bilan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tadbir qatnashchilariga minnatdorchiligini bildirdi.