2018-yil 15-oktabr kuni Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida taniqli olim, OʼzR FA muxbir aʼzosi, professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati, Oʼzbekistonda xizmat koʼrsatgan fan arbobi Gʼulomov Ulugʼ Gʼafurovich tavalludining 85 yillik xotira-yubileyiga bagʼishlangan ilmiy seminar boʼlib oʼtdi. Unda Institut faxriylari, olimning oila aʼzolari, hamkasblari, doʻstlari, OʻzR FA Fizika-texnika instituti hamda O’zbekiston Milliy universiteti yetakchi olimlari ishtirok etdi.
Seminarda Ulugʻ Gʻulomovning hayot yoʻli, ilmiy izlanishlari haqida gapirilar ekan, uning ajoyib inson boʻlganligi, nafaqat Institut rivojiga balki, ilm-fan ravnaqiga katta hissa qoʻshganligi taʼkidlandi.
Olimning oʻgʻli A.U.Gʻulomov otasi haqidagi samimiy xotiralar hamda shunday xotira kechalari an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotganligi uchun Institut jamoasiga oʻz minnatdorchiligini bildirdi.