Amir Temur va temuriy shahzodalar XIV asrning ikkinchi yarmidan XVI asrning birinchi choragigacha О‘rta Osiyo, Shimoliy Afg‘oniston, qisman Eron hamda Iroq mamlakatlarida hukmronlik qilganlar.
Shahzodalar singari temuriylar sulolasiga mansub malikalar orasida ham iste’dodli siyosatdon, suxandon, yetuk olima va xassos shoiralar yetishib chiqqan. Ular tarix zarvaraqlarida о‘zlaridan о‘chmas iz qoldirganlar.
Mazkur risolada Saroy Mulk xonim, Gavhar Shod begim, Shodmulk Xotun, Arjumand bonu, Zebunniso begim singari iste’dodli temuriy malikalar haqida qiziqarli ma’lumotlar о‘rin olgan.