Tuproq sho‘rlanishi-bugunning og‘riqli mavzusi!

Tuproq va suvning sho’rlanishi hududlardagi qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat tizimlaridagi asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Hisob-kitoblarga ko’ra, butun dunyo bo’ylab 1,128 milliard gektar yer  sho’rlanish tufayli turli darajada degradatsiyaga uchragan. Iqlim o‘zgarishi, suv tanqisligi va beqaror dehqonchilik amaliyotlari tufayli yerlarining sho‘rlanishi tobora ortib bormoqda. Prognozlarga ko’ra, XXI-asr oxiriga kelib global quruq yerlar degradatsiyasi 23 foizga oshishi kutilmoqda va bu ko’rsatkichning 80% rivojlanayotgan mamlakatlarga to’g’ri kelmoqda.Ushbu achinarli ko’rsatkichlar shuni ko’rsatadiki, sho’rlangan tuproqlarning kengayishi olimlarimizni  iqlim o’zgarishi sharoitida suv tanqisligi va tuproq sho’rlanishi bo’yicha yangicha yondashuvni ishlab chiqishga majbur qiladi.
Bugun mamlakatimiz qishloq xo’jaligidagi eng katta muamolardan biri sho‘rlanishdir. Ayni daqiqlarda Fanlar akademiyasida soha mutaxasisilari ishtirokida qishloq xo‘jaligidagi ekin maydonlari sho‘rlanishini ilmiy tahlil etish va sho‘rlanishga qarshi kurashishga doir yangi usullarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan ilmiy seninar bo‘lib o‘tmoqda. Ilmiy seminarni Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Shahlo Turdikulova olib bormoqda. Muammo va yechimlar haqida alohida ma’lumot beramiz. Bizni kuzatishda davom eting!