Tugʼilgan kuningiz muborak boʼlsin!

Yadro fizikasi sohasidagi yetuk olim, fan arbobi, Oʼzbekiston Resupblikasi Oliy Majlisi senatori, Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Bexzod Yuldashev bugun, 9 may kuni 75 yoshni qarshiladi.

Ilm-fan qahramoni, insoniyat fashizm ustidan qozongan buyuk Gʼalaba kunida tavallud topgan ajoyib inson, hurmatli Bexzod Yuldashev Sizni bugungi tavallud ayyomingiz bilan butun Fanlar akademiyasi nomidan chin yurakdan muborakbod etamiz!

Sizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, ijodiy baraka, oilangizga tinchlik va farovonlik tilaymiz. Farzandlaringiz va nevaralaringiz kamolini koʼrib yurishlik nasib etsin. Qalbingizdagi ezgu niyatlar roʼyobga chiqsin.

Ilm-fanni rivojlantirishdagi faoliyatingiz bardavom boʼlib, yangi muvaffaqiyatlar hamroh boʼlsin.

 

Yuksak ehtirom va samimiy tilaklar bilan,

Fanlar akademiyasi jamoasi