Toshkent muzeyida fotoko'rgazma tashkil etildi

Bugun,  8-may kuni Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi filiali Toshkent muzeyida Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi Oʻzbekiston davlat Akademik rus drama teatri bilan hamkorligida  9-may – Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan “Xotirlash - muqaddas burchimizdir” nomli fotokoʻrgazma ochilishi boʻlib oʻtdi.  Koʻrgazmada muzey “Arxiv” fondining fotonegativlaridan olingan Ikkinchi jahon urushining 1941-1945 yillariga oid 20 dan ziyod Oʻzbekiston xalqi va mamlakat hayotini aks ettirgan fotosuratlari hamda Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi kutubxonasida saqlanayotgan urush yillarini aks ettiruvchi kitoblar namoyish etildi. 

  

Ko‘rgazma o‘tkazishdan maqsad - Urushda halok bo‘lgan, bedarak ketgan va tirik qaytgan fidoiylarning jasoratini yod etish, front va front orti qahramonlari xotirasini abadiylashtirish, yosh avlodda tarixga hurmat va vatanparvarlik ruhini singdirish hamda milliy xotiramizni asrab-avaylash tuyg‘ularini shakllantirish, urushning og‘ir oqibatlari, inson jasorati va tinchlikning qadrini fotosuratlar orqali yoritishdan iborat.

Ushbu ko‘rgazmada 1941–1945-yillar davomidagi jang maydonlari, front ortidagi hayot, o‘zbekistonlik jangchilarning jasorati va aholining fidokorona mehnati aks etgan noyob foto hujjatlar, shaxsiy arxivlar va fotosuratlar namoyish etildi. Shuningdek, ko‘rgazma davomida urush fidoyilari xotirasiga bag‘ishlangan videoroliklar, tarixiy ma’lumotlar va Akademik rus drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar taqdim etildi.