Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Immunologiya va inson genomikasi instituti, Oʼsimlik moddalari kimyosi instituti hamda Farmatsevtika tarmogʼini rivojlantirish agentligi Vaksina va zardoblar instituti xodimlari hamkorligida teri allergodermatozlarini davolashda ishlatiladigan yangi mahalliy uch boʼlakli qoraqiz oʼtining quyuq hamda qizil miya ildizi quruq ekstraktlarining qoʼshma 1:1 nisbatdagi yangi 4% “Dermaglibid” surtma (maz) dori vositasi yaratilib, klinik oldi sinovlari oʼtkazildi.
Hozirgi kunda ushbu dori vositasi haqidagi kerakli hujjatlar vakolatli organga topshirilgan va ekspertiza jarayonlaridan oʼtkazilmoqda.
Ushbu surtma vostasining hozircha analogi yoʼq, taʼsir qiluvchi faol moddasi va qoʼshiladigan qoʼshimchasi mahalliy xomashyolar asosida yaratilgan.
Mazkur dori vositasi uchun yurtimizda xomashyo bazasi yetarli, zaharlililigi kam, tabiiy, boshqa antigistaminlarga qaraganda allergodermatozlarni davolashda samarali taʼsir koʼrsatadi.