Fanlar akademiyasi Temuriylar tarixi davlat muzeyi binosini rekonstruktsiya qilish, jihozlash, raqamlashtirish va yangi ekspozitsiyasini yaratish ishlarini amalga oshirish maqsadida 2026-yil 25-fevraldan muzeyda tashrifchilarga xizmat ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatib turilishini e‘lon qilamiz.
Rekonstruktsiya ishlari muzey infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, ekspozitsiyalarni boyitish hamda tashrif buyuruvchilar uchun yanada qulay va interaktiv muhit yaratishga qaratilgan.
Muzeyning qayta ochilish sanasi qo‘shimcha ravishda rasmiy veb-sayt va ijtimoiy tarmoqlar orqali e'lon qilinadi.
Yangilangan muzeyda sizlarni yana kutib qolamiz!