Temir-betonli va ko'pikli beton buyumlarni quyish paytida qoliplar va opalubkalar uchun moylovchi pasta

O'zR FA Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti olimlari tomonidan temir-betonli va ko'pikli beton buyumlarni quyish paytida qoliplar va opalubkalar uchun moylovchi pasta olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.

Ushbu texnologiya mahalliy xom-ashyo va ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalanish, ishlab chiqarish jarayonida energiya sarfini kamaytirish hisobiga pasta narxining pasayishini ta'minlaydi. Olingan moylovchi pasta iqtisodiy jihatdan tejamkor, ekologik jihatdan xavfsiz, chiqindilarni yo'q qilish imkonini beradi, import o'rnini bosuvchi va eksport salohiyatiga ega.

Umuman olganda, moylovchi pastaning ishlab chiqilgan tarkibi qoliplarning metall yuzasini beton, temir-beton va ko'pikli beton buyumlar yuzasiga yopishishini samarali ravishda kamaytiradi, bu mahsulot yuzasining yog'siz, qora dog'lar, bo'shliqlar va boshqa nuqsonlarsiz yuqori sifatini ta'minlaydi. Ishlatilgandan keyin silliq sirtni hosil qiladi, natijada qimmat va mehnat talab qiladigan yakunlovchi qayta ishlovga zarurat qolmaydi. Bunga qo'shimcha ravishda, metall qoliplarning korroziyasi bartaraf qilinadi va ularning sirti har bir ishlatilgandan keyin tozalashni talab qilmaydi.

 

Moylash pastasi uchun tashkilot standarti  shakllantirilgan, muvofiqlik sertifikatlari va ixtiroga patent olingan, moylovchi pasta sinov partiyasining sanoat-tajriba sinovlari o'tkazilgan. 2015-yildan beri moylovchi pastasi kichik partiyalarda ishlab chiqarilib 8 tonna sotildi.