Spectrum Two IK Furye spektrometri. U qanday imkoniyatlarga ega?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 1-noyabrdagi “Ilmiy-tadqiqot muassasalari infratuzilmasini yanada mustahkamlash va innovatsion faoliyatni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3365-son qarorida belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-fevraldagi 5-son qarori asosida Botanika institutiga Spectrum Two IK Furye spektrometri olib kelindi.

 

Shu munosabat bilan Institutda SchelTec (Norvegiya) kompaniyasining rasmiy vakili professor Yaroslav Sokovikov ishtirokida seminar tashkil etildi.

PerkinElmer (Buyuk Britaniya) tomonidan ishlab chiqarilgan Spectrum Two IK spektrometri yaqin infraqizil diapazonda tahlil qilish uchun mo’ljallangan va laboratoriyadan tashqarida namuna olish mumkin bo’lgan joylarda ham vazifalarni bajarish uchun ishlatilishi mumkin.

Mazkur spektrometr imkoniyatlar:

1. Ikki yoki undan ortiq o’simlik populyatsiyasining kimyoviy tarkibiy qismlari spektrini qiyosiy qayta ishlashga imkon beradi.

2. Iqlim sharoitlari turli xil bo’lgan joylardan to’plangan o’simliklar uchun kimyoviy tarkibiy qismlarning olingan spektri bilan o’zaro bog’liqligini tahlil qilish va turli xil o’sadigan joylardan o’simliklar uchun kimyoviy komponentlar spektridagi farqni baholashda foydalaniladi.

3. Kelajakda spektrlar kutubxonasi o’simlikni aniqlash mumkin bo’lgan taksonomik ahamiyatga ega belgilar mavjud bo’lmasdan ma’lum bir o’simlik turini aniqlashga imkon beradi.

4. Tuproqlar tarkibini tahlil qilish, turli mintaqalardan olingan tuproqlar uchun kimyoviy komponentlar spektrini olish, Tuproq namunalari kutubxonasini yaratish va tuproq namunalarini olishning aniq joyini aniqlash.