ShOHRUXIYA YODGORLIGI

2025-yilning may-iyun oylarida O'zR FA Milliy arxeologiya markazining  ilmiy xodimlari D.Badirdinov va N. Qulboyev boshchiligida Turkiyaning Yildirim Bayazid universitetidan kelgan bir guruh o‘qituvchi va talabalar bilan birgalikda “Shohruxiya shahristonida”  arxeologiya tadqiqotlari olib borilmoqda. 

 

 

Arxeologiya qazishmalari mobaynida so‘nggi va rivojlangan o'rta asrlar davri (xonliklar davridan to qoraxoniylar davrigacha) madaniy qatlamlarida arxetekturiya qoldiqlari va arxeologiya topilmalari (saqlash idishlari, pichoq, kamon uchlari, tangalar, metall, shisha, osteologiya ashyolari) aniqlanmoqda.

Oldingi tadqiqotlar yodgorlikda I asrdan XVIII asrning boshlariga qadar hayot davom etganligi, shuningdek, yodgorlik IX–XII asrlarga oid yozma manbalarda Banokat (Binokat, Fanokat), XIV–XVI asrlarga oid yozma manbalarda Shohruxiya nomi bilan qayd qilingan.