O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Seysmologiya institutida Xitoy Xalq Respublikasi Pekin shahridan SuperMap kompaniyasi menejeri Darijav Baynmandakh ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda SuperMap elektron dasturi orqali geologik kesimlarni 3D ko‘rinishini tahlil qilish, zilzila epitsentrlarini aniqlash va statistik analiz qilish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.