Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi ilmiy tadqiqotlarga 150 mln. soʼmgacha grantlar ajratish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi!
Tanlov shartlaridan oʼtgan loyihalar 2021 yil may oyidan 2022 yil may oyiga qadar Jamgʼarma hisobidan moliyalashtiriladi.
Tanlov Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish va amalga oshirish toʼgʼrisidagi NIZOM talablari asosida oʼtkaziladi (ilova).
Tanlovga quyidagi hujjatlar qabul qilinadi (ilova).
Tanlovga xujjatlar 2021 yil 1 aprelga qadar qabul qilinadi.
Tashkiliy qoʼmita telefon raqami: 71-233-68-95
Loyiha topshirish uchun talablar va na'munalar: Yuklab olish