Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi ilmiy tadqiqotlarga grantlar ajratish boʼyicha tanlov eʼlon qiladi!
Tanlov Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasidagi ilmiy-tadqiqotlarni tashkil etish, moliyalashtirish va amalga oshirish toʼgʼrisidagi NIZOM talablari asosida oʼtkaziladi (ilova). Tanlovga quyidagi hujjatlar qabul qilinadi (ilova).
Tanlovga hujjatlar 2024 yil 1-dekabrga qadar qabul qilinadi.
Tanlov shartlaridan oʼtgan loyihalar 2025- yil Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligini va seysmik xavfsizlikni taʼminlash sohasini qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi hisobidan moliyalashtiriladi.
Tashkiliy qoʼmita telefon raqami: 71-233-68-95
Batafsil telegramdagi rasmiy sahifamiz https://t.me/ANRUz orqali ma'lumot olishingiz mumkin.