Senator va deputatlar bilan uchrashuv

Oʼzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Ion-plazma va lazer texnologiyalari institutida Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlari, senatorlar ishtirokida uchrashuv oʼtkazildi.

 

Unda FА ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari, yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi.

 

Uchrashuvda Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Qonuni loyihasi ishtirokchilar eʼtiboriga havola qilindi. Qonunning maqsadi, vazifalari haqida tanishtirib oʼtildi. Maktabgacha taʼlim, oliy taʼlim va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimidagi muammolar, yechimini kutayotgan dolzarb masalalar atrofilicha muhokama qilindi. Ishtirokchilar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar. Uchrashuv qizgʼin muzokaralarga boy boʼldi.