2019 yil 20 sentabr kuni Saudiya Arabistoni qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari Alsagan Bander Muxammed va Teledi Rai Farxanlar Xorazm Ma’mun akademiyasiga tashrif buyurdilar. Mexmonlar tashrif davomida akademiyaning faoliyati, ilmiy laboratoriyalar va olingan ilmiy natijalar bilan tanishdilar. Shundan keyin Xorazm Ma’mun akademiyasi raxbariyati va viloyat xokimligi vakillari bilan birgalikda keyingi ilmiy aloqalarni rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqildi va hamkorlikni umumiy yo‘nalishlar belgilab olindi.