Joriy yil 24-25-dekabr kunlari O‘zR FA Fizika-texnika va Materialshunoslik institutlari tomonidan “Quyosh energetikasi: ustuvor tadqiqotlar va rivojlantirish istiqbollari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi. Unda respublikamizning yetakchi olimlari, yosh tadqiqotchilar hamda xorijiy mutaxassislar ishtirok etdi.
Anjuman ishida Quyosh energiyasidan foydalanish sohasidagi ustuvor ilmiy yo‘nalishlar, uning bugungi kundagi holati va rivojlanish tendensiyalari, ushbu yo‘nalishda xalqaro ilmiy hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, anjuman doirasida loyihalashtirilgan va ishlab chiqarilgan Quyosh panellari, suv isitgichlari, asboblar va materiallar ko‘rgazmasi, yosh olimlar va doktorantlar uchun "Energiya ta’minoti va Quyosh energiyasi sohasidagi dunyo nashriyotchilari va agregatorlarining elektron ilmiy manbalari" mavzusida master-klass ham bo‘lib o‘tdi.