Qiziqarli astronomik hodisa: qisman Quyosh tutilishi kuzatildi

Bugun, 25-oktabr kuni Yer yuzi aholisi qiziqarli astronomik hodisalardan biri – qisman Quyosh tutilishini kuzatdi.

Jumladan, yurtimiz aholisi 2 soatdan ko’proq vaqt mobaynida Quyosh tutilishining guvohi bo’lishdi. Oldin xabar berganimizdek, yurtimizning deyarli barcha hudularida Quyosh tutilishini kuzatish imkoniyati mavjud bo’ldi. Tutilish o’rtacha hisobda soat 15:20 dan 17:30 oralig’ida sodir bo’ldi. O’zbekistonda tutilishning maksimal fazasizda Quyosh yuzasining 68% Oy tomonidan to’sildi.

Quyosh tutilishi Nukus shahrida (Karinform saytidan olindi).

Yurtimizning ko’pchilik hududlarida noqulay ob-havo hukm surganiga qaramasdan, ayrim hududlar Quyosh tutilishining maksimal fazasini kuzatishga muvaffaq bo’lishdi. Yurtimizning Qoraqalpog’iston Respublikasi hududi va Surxandaryo viloyati aholisi Quyosh tutilishini kuzatishdi.

 

Quyosh tutilishi Nukus shahrida (Karinform saytidan olindi).

Quyosh tutilishi Nukus shahridagi Toshkent mehmonxonasi fonida (Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog’iston Respublikasi boshqarmasi).