“Polimerlar haqidagi fanning zamonaviy muammolari” Respublika ilmiy anjumani o‘tkazildi

O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligi hamda “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish” yiliga bag‘ishlangan “Polimerlar haqidagi fanning zamonaviy muammolari” mavzusida Respublika anjumani bo‘lib o‘tdi.

Anjumanining asosiy maqsadi ilm-fan taraqqiyotining jahon andozalari va me’yorlariga mos bo‘lgan, mahalliy fundamental va amaliy kimyo fanining bosqichma-bosqich taraqqiy etishini ta’minlovchi sifat jihatidan yangi bosqichiga o‘tishiga hissa qo‘shish, o‘z innovatsion ishlanmalarini joriy etish orqali mamlakat iqtisodiyotini xom-ashyodan yuqori qo‘shimcha qiymatli raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga yo‘naltirish, shuningdek, ta’lim borasida munosib o‘rinlarni egallash, Respublika anjumanini o‘tkazish orqali akademik ilm-fanning ta’lim jarayonidagi o‘rnini kuchaytirish borasidagi yondashuvlarini qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.

Mazkur Respublika anjumanining ochilishida O‘zR Fanlar akademiyasining vitse-prezidenti, akademik  B.T. Ibragimov, O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instiuti direktori, akademik S.Sh. Rashidova, akademik A.T. Jalilov so‘zga chiqdilar.

  

Anjuman ishtirokchilari – yosh olimlar tomonidan taqdim etilgan 25 dan ortiq devoriy ma’ruzalar ko‘rib chiqilda va muhokama etildi.  1, 2 va 3 o‘rinlarni olgan devoriy ma’ruzalar mualliflariga sertifikatlar topshirildi.