Paleozoologiya sohasida hamkorlik

O‘zR FA Zoologiya institutida Slovakiya Respublikasining Favqulotda va muxtor elchisi Yan Bori va slovakiyalik olim Martin Kundrat ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Professor Martin Kundrat “Slovakiyaning hamkorlikdagi paleobiologiyasi” mavzusida ma’ruza bilan ishtirokchilar oldida chiqish qildi va O‘zbekiston Respublikasi hududida paleozoologiya sohasida olib borilishi rejalashtirayotgan ilmiy tadqiqot ishlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

Undan tashqari, ilm-fan sohasida ikki tomonlama ilmiy hamkorlik va paleozoologiya sohasida ilmiy kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Uchrashuvda O’zR FA Zoologiya instituti ilmiy xodimlari va doktorantlari hamda O‘zbekiston Milliy universiteti magistrlari ishtirok etdilar.