O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Sogʼliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʼjaligi vazirligi va "Oʼzstandart" agentligi mutaxassislari ishtirokida tashkil etilgan Ishchi guruh tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi “Texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlashtirish va metrologiya tizimlarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4059-son qarori ijrosi yuzasidan ishlab chiqilgan “Ozuqa qoʼshimchalar, xushboʼylantiruvchilar, biologik faol qoʼshimchalar va texnologik yordamchi vositalarga qoʼyiladigan xavfsizlik talablari Texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Qarori loyihasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirdi. Qaror loyihasining to’liq matni bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin: https://regulation.gov.uz/ru/d/25779