“O'zbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi

Joriy yilning 30-avgust kuni “Xalqaro Forumlar saroyi”da “O'zbekistonning yangi taraqqiyot davri va rivojlanish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o'tkazildi.

Konferensiya O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamkorligida mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.

Unda O'zbekistonning so'nggi yillarda bosib o'tgan rivojlanish yo'li, respublikada amalga oshirilayotgan yangilanish jarayonlari tahlil qilindi, ichki va tashqi siyosatning asosiy tendensiyalari hamda O'zbekistonni tizimli modernizatsiyalar va liberallashtirishning istiqboldagi yo'nalishlarini muhokama qilindi.

 

Konferensiya ishida respublikamiz va xorijiy mamlakatlardan 200 ga yaqin yetakchi olim va mutaxassislar, diplomatik korpus vakillari, ekspertlar, iqtisodchilar, davlat namoyondalari, yosh olimlar ishtirok etishdi.