Oʻzbekistonning eng yangi tarixi masalalari boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markazning ilmiy xodimlari tomonidan 2022-yilda navbatdagi davriy toʻplamlar chop qilindi. Mazkur ilmiy-ommabop risolalarda Oʻzbekistonning eng yangi tarixidan joy olgan, 2020- 2021-yillarda roʻy bergan muhim voqealar, mamlakatimiz milliy yuksalishi va taraqqiyoti uchun siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy sohalarda amalga oshirilgan ishlar haqidagi eng muhim maʼlumotlar qisqacha tarixiy tahlillar orqali bayon qilingan. Ushbu kitob umumtaʼlim maktablari, Prezident maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilari va oʻquvchilari hamda oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari hamda talabalariga moʻljallangan. Shuningdek, risola materiallaridan Oʻzbekistonning eng yangi tarixi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar ommasi foydalanishlari mumkin.