O‘zbekistonda mikrobiologiya va mikrob biotexnologiyasi rivoji

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya institutida O‘zbekistonning taniqli olimi, biokimyo va biotexnologiya yo‘nalishlari bo‘yicha fan arbobi, akademik A.G.Xolmurodov tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan «O‘zbekistonda mikrobiologiya va mikrob biotexnologiyasining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi. Anjumanda Respublikaning yirik olimlari, A.G.Xolmurodovning sinfdoshlari, kursdoshlari, doimo birga faoliyat ko‘rsatib kelgan safdoshlari va uning yaqin qarindoshlari o‘zlarining qiziqarli ma’ruzalari bilan  ishtirok etdilar.

  

Anjumanda mikrobiologiya va biotexnologiya fanining zamonaviy muammolariga tegishli bo‘lgan mikrob biotexnologiyasi, qishloq xo‘jaligi mikrobiologiyasi, tibbiyot va farmatsevtika mikrobiologiyasi xamda atrof muxit va tabiatni muxofaza qilish yo‘nalishlari bo‘yicha yosh olimlar ma’ruzalar qildilar. Anjuman yakunida Ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.