Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida “Oʻzbekistonda maʼmuriy ish yuritishni takomillashtirishning ilmiy-amaliy muammolari” mavzusida respublika konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda yetakchi mutaxassislar – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti direktori oʻrinbosari, professor A. Tulyaganov, Davlat va huquq instituti bosh ilmiy xodimi Joʻrabek Neʼmatov, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi professori Erkin Xojiyev, Oliy sud katta maslahatchisi Shaxnoza Axatova, Sudyalar oliy maktabi “Maʼmuriy huquq” kafedrasi dotsenti Dilmurod Artikov, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimlari Yaroslav Kvitkov va Ravshan Nazarovlar ishtirok etdi.
Konferensiyadagi maʼruzalarda Oʻzbekistonda maʼmuriy sud ish yuritishning ilmiy va amaliy muammolari; maʼmuriy sud ish yuritishning asosiy tamoyillari; sud amaliyoti tahlili; prokurorlarning maʼmuriy sud ish yuritishda ishtirok etish xususiyatlari; maʼmuriy sudlar uchun sudyalarni tayyorlash tizimini isloh qilish; maʼmuriy javobgarlikni taʼminlashda ichki ishlar organlarining roli; maʼmuriy sud ish yuritish sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va bu tajribani Oʻzbekistonda qoʻllash imkoniyatlari tahlil qilindi.
Tadbir onlayn tarzda ham ishtirok etganlar boʻldi. Qoraqalpogʻiston, Namangan Samarqand, Termiz davlat universitetlari yuridik fakultetlari dekanlari va boshqalar ham muhokamada faol qatnashdilar.