Oʻzbekistonda ilk bor “Agar-art” konteksti boʻlib oʻtdi

Mikrobiologiya institutida 2022-yil yakunida “Agar-art” kontekstiga start berildi. Ushbu tanlovda Oʻzbekiston ilmiy muassasalarining yosh olimlari ishtirok etishdi. Tanlovda 20dan ziyod ishlar taqdim etildi. Gʻoliblarni 2ta nominatsiyada: mutaxassislar tanlovi va internetdagi ovoz reytingi boʻyicha saralash amalga oshirildi. Ushbu tanlov Oʻzbekistonda ilk bor tashkil etilishiga qaramay ishtirokchilarda katta qiziqish uygʻotdi. Buni ular yaratgan sanʼat asarlaridan bilish mumkin. Tanlov gʻoliblari diplom va pul yutuqlari bilan mukofotlandilar.

 

 Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti Sayliyev Mirshod “Ona bagʻridagi bola” sanat asari bilan internet orqali eng koʻp ovoz toʻplagan asar nominatsiyasida gʻolib boʻldi va 1000000 soʻmdagi pul yutugʻi hamda diplom bilan taqdirlandi.

 

 

 

 

Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti Saʼdullayev Shohrux “Oʻzbekiston nematlari” sanat asari bilan mutaxassislar tanlovi nominatsiyasida 1-oʻrin sohibi boʻldi va 1000000 soʻmdagi pul yutugʻi hamda diplom bilan taqdirlandi.

 

 

 

Mikrobiologiya instituti kichik ilmiy xodimi Mamatraimova Shahnoza “Naqshinkor tovus” sanat asari bilan mutaxassislar tanlovi nominatsiyasida 2-oʻringa loyiq topilib 700000 soʻmdagi pul yutugʻi va diplom bilan taqdirlandi.

 

 

 

Ilgʻor texnologiyalar markazi biotexnologiya laboratoriyasi laboranti Gʻulomov Jaxongir “Ummon” sanat asari bilan mutaxassislar tanlovi nominatsiyasida 3-oʻrin sohibi boʻldi va 400000 soʻmdagi pul yutugʻi hamda diplom bilan taqdirlandi.

 

Barcha sanʼat asarlari oʻzining originalligi va oʻziga xosligi bilan mutaxassislar eʼtiborini tortdi. Mikroorganizmlar  ishtirokida chizilgan ushbu sanʼat asarlarini baholash ularda qiyinchiliklar uygʻotgani sababli mutaxassislar tanlovi boʻyicha qoʻshimcha yana bir ishtirokchiga ragʻbatlantiruvchi oʻrin sifatida 300000 soʻmdagi mukofot puli va diplom taqdim etildi.

 

Mikrobiologiya instituti tayanch doktoranti Xidirova Mastura “Akvakultura” sanat asari bilan mutaxassislar tanlovi nominatsiyasida ragʻbatlantiruvchi oʻrin sohibasi