O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi G`.A.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti va Tojikiston Fanlar akademiyasi Geologiya, zilzilalarga chidamli qurilish va seysmologiya instituti o'rtasida Kelishuv imzolandi.
Kelishuvda quyidagilar nazarda tutilgan:
- zilzilalarni bashorat qilish va seysmik rayonlashtirish sohasida uslubiy ishlanmalar va geologik, geofizik va seysmologik ma'lumotlarni almashish;
- O'rta Osiyoning zamonaviy geodinamikasi va seysmikligini, platforma va orogen mintaqalarining holatini o'rganish bo'yicha qo'shma loyihalarda ishtirok etish;
- seysmik xavfni baholash, zamonaviy geodinamika kabi sohalarga bag'ishlangan simpoziumlar va ilmiy konferensiyalarni birgalikda tashkil etish;
- kuchli zilzilalarning epitsentral zonasida makroseysmik va seysmotektonik tadqiqotlarni birgalikda amalga oshirish.
Ushbu kelishuv ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va ilm-fanni rivojlantirishga xizmat qiladi.