Joriy yilning 19-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat ta'minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi delegatsiyasi Rossiya Federal Davlat ilmiy markazi Butunrossiya parrandachilik texnologiya va ilmiy-tadqiqot institutiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida ikki tomon o'rtasida parrandachilik sohasida mutaxassislar malakasini oshirish, hamkorlikda xalqaro anjumanlar o'tkazish, tayanch doktorantlar va ilmiy-xodimlarni qisqa muddatli trening kurslarga jo'natish, ilmiy markaz tizimida tashkil etiladigan parrandachilik markaziga naslli parrandalar olib kelish, soha bo’yicha qo'shma ilmiy-amaliy loyihalar olib borish masalalari kelishib olindi va O'zaro anglashuv memorandumi imzolandi.