Joriy yil 26-sentabr kuni poytaxtimizda joylashgan “Grand Plaza” mehmonxonasida O‘zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi instituti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Polimerlar haqidagi fanning istiqbollari” mavzusidagi O‘zbekiston-Rossiya Mikrosimpoziumi o‘z ishini boshladi.
Mazkur ilmiy forumda respublikamiz olimlari bilan birgalikda polimerlar sohasida ilmiy izlanishlar olib borayotgan Rossiya Federatsiyasining etakchi mutaxassislari ham ishtirok etmoqdalar. Ilmiy forumning maqsadi zamonaviy tadqiqot yo'nalishlari va polimerlar fanini rivojlantirish strategiyalari, fan integratsiyasi, ta'lim hamda polimer preparatlari va materiallari ishlab chiqarilishi bo‘yicha so‘nggi yangiliklar haqida fikr almashish, o‘zaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashdir.