“O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qaror qabul qilindi

Vazirlar Mahkamasining “O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tizimida Davlat va huquq institutining faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi qarori qabul qilindi. Qarorga ko'ra, quyidagilar:

Institut xodimlarining davlat va jamiyat islohoti turli jihatlariga taalluqli normativ-huquqiy va dasturiy xarakterdagi hujjatlar loyihalarini tayyorlash bo’yicha davlat organlari huzuridagi ilmiy-maslahat kengashlari, komissiyalar va ishchi guruhlar ishida ishtirok etishi Institutning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Shuningdek, Institut doimiy asosda “Davlat va huquq” jurnali, jamoaviy va individual monografiyalar, o’quv-metodik adabiyotlar, qonunchilikka ilmiy-metodik sharhlarni, jumladan, ularning electron shaklini nashr etishga doir faoliyatni yuritadi.

Institutga O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ustavida belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi hamda u Fanlar akademiyasining tegishli vitse-prezidenti bilan kelishilgan holda Institut direktori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan ikki nafar o'rinbosarga, jumladan ilmiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari hamda umumiy masalalar bo'yicha direktor o'rinbosariga ega bo'ladi.