O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va Malayziya ilmiy muassasalari o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Jumladan:
O‘zR FА Materilashunoslik instituti hamda Malayziyaning Monash universiteti Kimyoviy muhandislik maktabi o‘rtasida suvni parchalab vodorod va kislorod olish uchun yangi katalizatorlar ishlab chiqish yo‘nalishida hamkorlik qilinmoqda.
O‘zR FА Matematika instituti va Malayziyaning University Teknologi MARA”, Northern University of Malaysia universitetlari bilan muntazam ilmiy seminarlar tashkil etiladi va birgalikda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, FА Matematika instituti va Malayziyaning University Malaysia Perlis (UniMAP) o‘rtasida 2024 yilda imzolangan memorandum asosida o‘zaro kadrlar almashinuvi, birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, hamkorlikda ilmiy seminarlar tashkil etish yo‘lga qo‘yilgan.
O‘zR FА Fizika-texnika instituti hamda Malayziyaning The Energy University bilan tasdiqlangan memorandum doirasida yarim o‘tkazgichli yupqa plyonkali quyosh yelementlari sohasida qo‘shma tadqiqotlar olib borilmoqda.