O’zbekiston mahsulotlari jahon bozorida

Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti va Singapurning “JIT Engineering & Solitions Pte.Ltd” kompaniyasi bilan Oʻzbekistonda yaratilgan yuqori samarali payvandlash materiallari va texnologiyalarini Hindiston va Janubiy Osiyo mamlakatlari bozorida ilgari surish va tijoratlashtirish toʻgʻrisida kelishuv imzolandi. Kelishuvga muvofiq Materialshunoslik instituti mahalliy va ikkilamchi xom ashyolar asosida, masʼuliyatli konstruksiyalarda (koʻpriklar, binolar, texnologik inshootlar va qurilmalar) ishlatiladigan alyuminiy qotishmalari, zanglamas poʻlat va boshqa metallar uchun yuqori samarali payvandlash materiallarini yaratish va sinovlarini oʻtkazish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi. “JIT Engineering & Solitions Pte.Ltd” kompaniyasi esa yangi mahsulotlar va texnologiyani xalqaro bozorga olib chiqish va ilgari surish ishlari bilan shugʻullanadi.