"O'zbekiston madaniyat merosi - yangi Renessans poydevori" IV Xalqaro kongressi

Maʼlumki, joriy yil 15-18-dekabr kunlari yurtimiz madaniy merosini oʼrganish, saqlash va ommalashtirish maqsadida “Oʼzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” Oʼzbekiston madaniy meros haftaligi oʼtkazildi.

 


Video-konferens-aloqa shaklida oʼtkazilgan haftalik doirasidagi tadbirlarda 300 dan ortiq mahalliy va xorijiy olimlar, davlat, xalqaro va jamaot tashkilotlari vakillari, sanʼat arboblari, ijodkor yoshlar ishtirok etishdi.

Haftalik doirasida “Oʼzbekiston madaniy merosi – yangi Renessans poydevori” nomi ostida Butunjahon Jamiyatining IV Xalqaro Kongressi, “Oʼzbekiston – merosi: sivilizatsiyalar va Renessanslarning oʼzaro taʼsiri” loyihasi faoliyatining natijalari va istiqbollari taqdimoti, teatr aktyorlari ishtirokida yoshlar uchun tarixiy shaxslar timsoli aks ettirilgan spektakllardan parchalar namoyishi o`tkazildi.