Oʼzbek akademigining kitobi Londonda nashr etildi

G.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent filiali rektori, OʼzR FА akademigi Qalandar Аbdurahmonovning “Mehnat iqtisodiyoti. Nazariya va amaliyot” darsligi Londondagi “Scientific Publishing Hous IVG” nashriyotida “Labour Ekonomics. Theoryand Practice” nomi bilan ingliz tilida chop etildi.

Eslatib oʼtamiz, ushbu kitob 2019-yilda oʼzbek tilida chop etilgan va ilmiy jamoatchilikda katta qiziqish uygʼotgan.

 

Bundan tashqari, ushbu kitob Moskvada rus tilida ham nashr etilgan boʼlib, soʼz boshida muallif ushbu kitob “bu fanning so'nggi yutuqlarini qamrab olgan fundamental asar. Ushbu darslikning yaratilishi global miqyosdagi innovatsion o'zgarishlarga to'liq javob beradigan malakali kadrlar tayyorlash yo'lidagi sifat jihatidan yangi qadamdir. Ushbu darslik nafaqat universitet talabalari va iqtisodchilar uchun, balki MDH mamlakatlaridagi keng kitobxonlar uchun ham qimmatli va foydali o'quv adabiyotiga aylanadi " deb taʼkidlagan.

Shuningdek, bu kitobning rus, qozoq, tojik tillarida Tojikiston, Qizgʼiziston, Qozogʼistonda ham nashr etilganligi ushbu davlatlar ilmiy jamoatchiligi bilan fan va taʼlim yutuqlari boʼyicha oʼzaro fikr almashish, ilmiy aloqalarni mustahkamlash imkonini beradi.