2020-yil 12-avgust kuni O'zR FA Genomika va bioinformatika markazi tomonidan onlayn “Genetika, genomika va biotexnologiyaning zamonaviy muammolari” respublika ilmiy konferensiyasi bo'lib o'tdi. Unda genomika, proteomika, genetika va biotexnologiya sohasidagi dolzarb muammolar, fanning asosiy tendensiyalari va istiqbollari bo'yicha 15 ta ma'ruza tinglandi va muhokama qilindi. Konferensiyada yurtimizning 10 dan ortiq ilmiy tashkilot xodimlari hamda xorijlik olimlar ishtirok etdilar.
Eng yaxshi deb topilgan "O'zbekistonda SARS-CoV-2 koronavirus shtammlarining birinchi genetik tahlili ", "Osmotik stressga chidamliligi oshgan o'simlik shakllarini tanlash uchun metall ionlari bilan hujayrani tanlash" va "Yadroviy DNK mikrosatellit lokuslari bo'yicha O'zbekiston populyatsiyasi polimorfizmini tadqiq qilish va maxsus enzimatik tizim asosida" mavzudagi ma'ruza mualliflariga sertifikat taqdim etildi.