Avval xabar qilganimizdek, Namangan shahrida "Akademik va yoshlar: Ilm-fan taraqqiyotini yoshlar yaratadi" nomli III Kongressi o'tkazildi.
Kongress doirasida Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov, vitse-prezident Sirojiddin Mirzayev, akademik Sa'dulla Bahramovlar Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari bilan uchrashdilar.
Muloqotda yoshlarni ilm-fanga qiziqtirish, ularning ilmiy izlanishlar olib borishga bo‘lgan ishtiyoqini yanada oshirish maqsadida o‘z tajribalari bilan bo‘lishdi. Ular nafaqat ilmiy ishlarda muvaffaqiyatlarga erishish, balki ijtimoiy faoliyat va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishning ahamiyatini ta’kidlab o‘tdilar.
O'quvchilarga yangi bilimlarni o‘rganishga intilishlari kerakligini ta’kidladilar. Bu borada yoshlar uchun yurtimizda amalga oshirilayotgan imkoniyatlarni e‘tirof etdilar.
Ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan uchrashuvda o'quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi, o'zaro fikr almashdilar.