Kuni kecha yurtimizning Surxondaryo, Аndijon va Fargʼona hududlari tungi osmonida yorqin jismning qisqa muddatli harakati kuzatildi.
Tarqalgan video-materiallardan koʼrinadiki, ushbu jismning harakat tezligi kvazichiziqli, boʼlinishlarsiz va yorqinlik oʼzgarishi esa portlovchan emas, fluktatsiyalanmagan, ortidan plazmali yorqin iz kuzatilmagan. Ushbu jismning harakati va yorqinligi meteor yoki bolidning atmosferaga kirishidan tubdan farq qiladi. Xulosa qilib aytganda, ushbu jismni meteor yoki bolid deb aytishga asos yoʼq va u katta ehtimol bilan astronomik jism emas.
Kamoliddin Ergashev
OʼzR FА Аstronomiya instituti