Muhim vazifalar ijrosi - taraqqiyot omili

2021-yil 16-fevral kuni OʼzR FА vitse-prezidenti B.Ibragimov va boʼlim boshligʼi J.Toshpulatov Botanika institutiga tashrif buyurdi va ilmiy xodimlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktyabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi PF-6097-son Farmoni, shuningdek, Institut faoliyatiga tegishli qarorlar va uning ijrosini taʼminlashdagi muhim vazifalar, ularni amalga oshirishdagi muammolarni bartaraf etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida Botanika instituti tomonidan 2020-yilda erishilgan yutuqlar, kamchiliklar, istiqboldagi ilmiy-tadqiqot ishlari haqida gapirilib, hozirgi kunda ilm-fanga qaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlandi. Shuningdek, Botanika instituti ilmiy xodimlarini qiynayotgan masalalar muhokama qilindi.