O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-iyundagi 366-sonli qarori va Fanlar akademiyasi Prezidentining 2020-yil 12-iyundagi 19-95-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yil ilmiy tashkilotlar tomonidan Davlat dasturlari doirasida amalga oshirilgan ilmiy natijalarni monitoringini o‘tkazish belgilangan. Joriy yilning 12-fevral kuni Temuriylar tarixi davlat muzeyining 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha monitoring o‘tkazildi. Muzeyning samarali yillik faoliyati ijobiy baholandi va 2024-yildagi rejalari bilan tanishtirildi.