Mikrobiologlar uchun yana bir onlayn ilmiy seminar

2020-yil 19-avgust kuni OʼzR FА Mikrobiologiya instituti tomonidan yana bir onlayn ilmiy seminar tashkil etildi.

Unda Institut "Mikroorganizmlar xilma-xilligi" laboratoriyasi katta ilmiy xodimi N.А.Lazutin “Biogidrometallurgiya: mikroorganizmlar, usullar, samaradorlik" mavzusida maʼruza qildi, mamlakatimizda biogidrometallurgiya holati, mineral rivojlanishning ekologik xavfsizligi muammosi haqida maʼlumot berdi.

 

Seminarda Institut xodimlari, boshqa ilmiy-tadqiqot muassasalari va Navoiy boʼlimi yetakchi olimlari, Marburg universiteti (Germaniya) olimlari ishtirok etishdi. Tinglovchilar tomonidan koʼplab savollar berildi va javoblar olindi. Institutda hozirgi kunda ushbu yoʼnalishdagi ishlar qayta tiklanmoqda.