Xorazm Maʼmun akademiyasi arxeologlari Katqaʼla yodgorligida arxeologik tadqiqotlarni davom ettirmoqdalar.
Tadqiqotlar davomida arxaik davr, antik davr, ilk oʼrta asrlar, rivojlangan oʼrta asrlar davri madaniy qatlamlari ochib oʼrganilmoqda. Turli hil sopol buyumlar, xumlar, xumchalar, sopol qozonlar, koʼzalar, inson va hayvon haykalchalari topildi. Shu bilan birga, ilk antik davrga tegishli boʼlgan meʼmoriy inshoot, soʼnggi antik davrga oid turar-joy qoldiqlari ham oʼrganildi.
Ushbu tadqiqotlar Janubiy Xorazmda arxaik davrdan to oʼrta asrlargacha boʼlgan davr shaharsozlik madaniyati muammolarini oʼrganishga xizmat qiladi.