Jo'rayev To'xtamurad Jo'rayevich

 

О‘zbekiston Fanlar akademiyasining prezidenti (1995–2000-yy.)

О‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1989-y.), fizika-matematika fanlari doktori

Matematika sohasidagi olim, fan va ta’lim faollaridan biri, jamoat arbobi

1934-yil 25-oktabrda Toshkent viloyatining Shо‘ralisoy qishlog‘ida tavallud topgan

2009-yilning 14-sentyabrida vafot etgan va Toshkent shahrida dafn etilgan

О‘zSSRda xizmat kо‘rsatgan fan va texnika arbobi (1988-y.)

Beruniy nomidagi О‘zSSR Davlat mukofoti laureati (1974-y.)

О‘rta Osiyo davlat universitetini tamomlagan (О‘ODU, 1958 y., hozir О‘zMU)

О‘zbekiston Fanlar akademiyasi Matematika institutida kichik va katta ilmiy xodim, ilmiy kotib va bо‘lim boshlig‘i, direktor, О‘zR FA Mexanika va inshootlar seysmik barqarorligi instituti direktori, Toshkent ilmiy markazi raisi, Toshkent davlat universiteti (hozir О‘zMU) rektori, О‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti lavozimlarida ishlagan

300 dan ortiq ilmiy ish, shu jumladan 3 ta monografiya muallifi

7 ta fan doktori va 35 ta fan nomzodini tayyorlagan

1996-yilda «Dо‘stlik» ordeni

1999-yilda “Mehnat shuhrati” ordenlari bilan taqdirlangan.