Inson huquq va erkinliklari-bugunning dolzarb masalasi

    Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq institutida Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi huzuridagi Ilmiy muvofiqlashtirish kengashi va Davlat va huquq instituti huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasida yuridik fanlarni rivojlantirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash hamkorlikdagi “Inson huquq va erkinliklari masalasidagi amaliy va fundametal ilmiy tadqiqotlarni faollashtirishda ilmiy muvofiqlashtirish kengashlarining oʻrnini kuchaytirish” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

 

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Inson huquqlari Milliy markazi direktori, FA akademigi A.Saidov,  Davlat va huquq instituti direktori M.T. Turgunov,  direktor oʻrinbosari A.Toʻlaganov, ilmiy xodimlar R.Xakimov, R.Nazarov, J.Nematov, Ya.Kvitkov va boshqalar savol-mulohazalar bilan ishtirok etdi. 

Tadbirning asosiy maʼruzachisi sifatida Rossiya TIV Moskva xalqaro munosabatlar davlat instituti (universiteti)  professori, y.f.d. Mark Lvovich Entin “Inson huquqlari boʻyicha Yevroosiyo konvensiyasini imzolash qarshi va tarafdorlar” mavzusida maʼruza qildi.

 

M.L.Entinning maʼruzasi yigʻilganlarda katta qiziqish uygʻotdi. Tadbir qoʻshma shaklda boʻlgani sababli onlayn chiqishlar bilan viloyatlardan ham vakillar, jumladan, Qoraqalpogʻiston, Termiz, Samarqand, Namangan davlat universitetlari yuridik fakultet dekanlari va boshqalar ham qatnashdi. Davra suhbati davomida inson huquqlari himoyasi borasida bugun mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlar, bu boradagi ilmiy tadqiqotlar muhokama qilindi.