Ilmiy tadqiqotlar samaradorligini oshirish yo‘lida muhim qadam

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasida yetakchi global elektron ilmiy resurslardan foydalanishga bag‘ishlangan ilmiy-uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda ilmiy tashkilotlar rahbarlari, doktorantlar hamda yosh tadqiqotchilar ishtirok etib, zamonaviy ilmiy va ta’lim axborot manbalari, ilmiyometrik ko‘rsatkichlar hamda tadqiqotlar sifatini oshirish usullari bilan yaqindan tanishdilar.

  

 Seminar maqsadi — ilmiy markazlarda innovatsiya darajasi va tadqiqotlar sifatini oshirish, shuningdek, nashriyot faoliyatini takomillashtirishdan iborat.

 Tadbir davomida:
— yetakchi global kompaniyalar elektron ilmiy resurslari
— xalqaro nashriyotlarning ilmiy va ta’lim platformalari
— ilmiy maqola va dissertatsiyalar sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.                                                                                                  

Bunday seminarlar ilm-fan rivojida muhim ahamiyat kasb etib, tadqiqotchilar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.